Ommaviy oferta (Foydalanish shartlari)
Oxirgi yangilangan sana: 2026-yil 12-noyabr
Ushbu Ommaviy oferta (keyingi o'rinlarda — "Oferta") Pluntus MChJ (keyingi o'rinlarda — "Ijrochi") va "Ombor24" platformasidan (keyingi o'rinlarda — "Platforma") foydalanuvchi har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (keyingi o'rinlarda — "Foydalanuvchi") o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tartibga soladi.
Platformada ro'yxatdan o'tish orqali Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlariga to'liq va so'zsiz rozilik bildiradi.
1. Xizmat ko'rsatish predmeti:
Ijrochi Foydalanuvchiga omborxona jarayonlarini boshqarish, tovar qoldiqlarini hisobga olish, QR kodlar orqali skanerlash va hisobotlarni shakllantirish bo'yicha bulutli SaaS xizmatlarini taqdim etadi.
2. Tariflar va To'lovlar:
- Platformadan 30 kun davomida bepul sinov (Trial) rejimida foydalanish mumkin.
- Sinov muddati tugagach, xizmatdan foydalanishni davom ettirish uchun Foydalanuvchi "Biznes" yoki "Korporativ" tariflaridan birini sotib olishi shart.
- To'lovlar Foydalanuvchining ichki hamyoni (Wallet) orqali amalga oshiriladi. Hamyonda mablag' yetarli bo'lmasa, obuna avtomatik ravishda to'xtatiladi (Read-only rejimiga o'tadi).
- Xizmat narxlari Ijrochi tomonidan bir tomonlama o'zgartirilishi mumkin, ammo bu amaldagi to'langan obuna muddatiga ta'sir qilmaydi.
3. Foydalanuvchining majburiyatlari:
- Foydalanuvchi o'z akkaunti (login va parol) xavfsizligi uchun to'liq javobgar.
- Platformadan faqat qonuniy maqsadlarda, kontrabanda yoki taqiqlangan tovarlarni saqlash uchun ishlatmaslik.
- Kiritilayotgan ma'lumotlarning (tovarlar, qoldiqlar) haqqoniyligi uchun javobgarlik Foydalanuvchi zimmasida.
4. Javobgarlikni cheklash:
- Ijrochi Platformadagi texnik nosozliklar, ma'lumotlarning yo'qolishi yoki uchinchi tomon xizmatlaridagi (internet uzilishi, to'lov tizimlari) uzilishlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi. Ijrochi muntazam ravishda zaxira nusxalarni yaratib boradi.
- Foydalanuvchining Platformadan noto'g'ri foydalanishi natijasida yetkazilgan zarar uchun Ijrochi javobgar emas.
5. Yakuniy qoidalar:
Ijrochi ushbu Oferta shartlariga istalgan vaqtda o'zgartirish kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi. O'zgarishlar Platformada e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

